Sanjarbek Maksadov portreti
Sanjarbek Maksadov ©MAVO Design Agency

Brend va qadoq dizayneri

SANJARBEKMAKSADOV

Dizayner va asoschiSamarqand, O‘zbekiston

Showreel · YouTube’da ochish ↗

/ Xizmatlar, ko‘nikmalar, yo‘nalishlar

Nimani eng yaxshi qilaman?

Brendlar, qadoqlar va vizual tizimlarni yarataman: biznesga javonda ham, ekranda ham sotishga yordam beradigan dizayn.

Brendni belgilaydi

01. Brending

Nomdan tortib brendbukkacha: brend qanday ko‘rinishi, gapirishi va eslab qolinishini bitta tizimga yig‘aman.

  • Naming
  • Logotip
  • Brend identifikatsiyasi
  • Brendbuk
  • Vizual tizim
Javonda g‘olib

02. Qadoq dizayni

Xaridor bir necha soniyada tanlaydi. Qadoqni shu soniyalar uchun loyihalayman: ierarxiya, rang va aniq xabar.

  • Konsepsiya
  • Etiketka va quti
  • Pouch va dey-pak
  • Mahsulot liniyasi
  • 3D mockup
Xatosiz pechat

03. Pre-press

Ekrandagi dizayn bosmaxonada ham o‘sha bo‘lishi uchun faylni pechatga to‘g‘ri tayyorlayman.

  • Dayline
  • Bleed va kesish
  • CMYK / Pantone
  • Bosmaxona talablari
Detal + AI

04. AI vizuallar

Mahsulot sahnalari va reklama obrazlari. Mahsulot shakli, logotip va etiketka hech qachon o‘zgarmaydi.

  • Midjourney · Nano Banana Pro
  • Imagen · Freepik AI
  • Photoshop kompozit
  • Retush va tipografiya
Tartibli tizim

05. Katalog va poligrafiya

Yuzlab mahsulotni o‘qilishi oson, bir xil tizimga tushgan katalog va bosma materiallarga aylantiraman.

  • Mahsulot katalogi
  • Broshyura va flayer
  • Poster, roll-up
  • Billbord, vizitka
Sotuvga ishlaydi

06. Reklama vizuallari

Marketplace kartochkalari, bannerlar va kampaniya vizuallari: mahsulotning asosiy foydasi birinchi qarashda ko‘rinadi.

  • Uzum va marketplace kartochkalari
  • Bannerlar
  • Kampaniya vizuallari
Auditoriyani o‘stiradi

07. SMM dizayn

Brendning ijtimoiy tarmoqdagi yuzi: bir xil uslubdagi, tanib olinadigan lenta.

  • Post va karusel
  • Reels muqovasi
  • Story
  • Lenta uslubi
Maqsadli harakat

08. Video va motion

Mahsulot animatsiyasi va AI video. Qadoq harakat paytida ham shaklini o‘zgartirmaydi.

  • After Effects
  • Kling · Runway · Veo
  • Logo animatsiya
  • Reklama roligi konsepsiyasi
AI Dizayn kursi

09. Dizayn ta’limi

Najot Ta’limda 4 oylik “AI Dizayn” kursini olib boraman: logotip, qadoq va AI bilan ishlash jarayoni.

  • Logotip dizayni
  • Qadoq dizayni
  • AI dizayn workflow
  • Real topshiriqlar

/ Men kimman

Dizayn — mening tilim

Dizayner. Art-direktor. Asoschi. Ustoz.

8 yildan ortiq tajriba davomida 200 dan ortiq mijoz bilan ishladim: FMCG, farmatsevtika, bolalar mahsulotlari, maishiy tovarlar va kosmetika.

MAVO Design Agency asoschisiman. Logotipdan qadoqqacha, katalogdan AI vizualgacha bo‘lgan loyihalarda konsepsiya va art-direksiya menda.

Dizayn bezak uchun emas, biznes uchun ishlashi kerak. Natija ishlarimda ko‘rinadi.

200+ mijozishonch bildirgan brendlar
Sanjarbek Maksadov

/ Brending

Logotip va brendlar

Kursorni ustiga olib boring: logotip real hayotdagi qo‘llanilishiga almashadi.

/ Ko‘p so‘raladigan savollar

Savol va javoblar

Javob topmadingizmi? Telegram’da yozing, tez javob beraman.

Savol berish
Qaysi sohalar bilan ishlaysiz?

Asosan FMCG, farmatsevtika, bolalar mahsulotlari, maishiy tovarlar va kosmetika. Shuningdek, kiyim brendlari, HoReCa, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish kompaniyalari uchun brending qilaman.

Loyiha qancha vaqt oladi?

Muddat loyiha hajmiga bog‘liq: bitta logotip va butun mahsulot liniyasi uchun qadoq bir xil vaqt olmaydi. Brifni o‘rganib chiqqach, bosqichlar va aniq muddatni yozma ravishda beraman.

Narx qanday belgilanadi?

Narx xizmat turi, mahsulotlar (SKU) soni va topshiriladigan fayllar hajmiga qarab hisoblanadi. Brifdan keyin aniq taklif yuboraman.

Yolg‘iz ishlaysizmi yoki jamoa bilanmi?

Konsepsiya va art-direksiya har doim menda. Katta hajmdagi loyihalarda MAVO Design Agency jamoasi qo‘shiladi, shunda sifat va muddat bir vaqtda saqlanadi.

Tuzatishlar qanday bo‘ladi?

Har bir bosqich mijoz bilan kelishiladi. Yo‘nalish konsepsiya bosqichida aniqlanadi, shuning uchun keyingi bosqichlarda tuzatishlar kam bo‘ladi va loyiha cho‘zilmaydi.

Pechatga tayyor fayl berasizmi?

Ha. Dayline, bleed, rang profillari va bosmaxona talablariga mos tayyor fayllarni topshiraman. Kerak bo‘lsa, bosmaxona bilan bevosita gaplashaman.

AI’dan qanday foydalanasiz?

AI — jarayonning bir qismi, xolos: g‘oya → tadqiqot → prompt → generatsiya → Photoshop’da kompozit → retush → tipografiya → yakuniy taqdimot. Mahsulot shakli, logotip va etiketka hech qachon o‘zgartirilmaydi.

“AI Dizayn” kursiga qanday yozilish mumkin?

Kurs Najot Ta’limda 4 oy davom etadi. Keyingi guruh va shartlar bo‘yicha Telegram orqali yozing: @sanjarbek_maksadov.

/ Bog‘lanish

Keling, boshlaymiz

Qanday yordam bera olaman?

Loyihangiz yoki kompaniyangiz haqida batafsil bilishni istardim.

Sizda nima bor? *

Sanjarbek Maksadov
8+yillik
tajriba

Agar yuqoridagi ishlar sizga mos kelsa, qisqa xabar yozing: maqsad, havola, byudjet va qachon boshlashni xohlashingiz. Keyingi qadam bilan javob beraman.